Сайт харитаси
العربية Български 中文 Čeština English Français Deutsch हिन्दी Bahasa Indonesia Italiano Bahasa Malay اردو Polski Português Română Русский Srpski Slovenský Español ไทย Nederlands Українська Vietnamese বাংলা Ўзбекча O'zbekcha Қазақша

InstaForeks mijozining kabineti

  • Kabinetning shaxsiy sozlanmalari
  • Kompaniyaning barcha servislariga kirish
  • Batafsil statistika va bitimlar bo'yicha hisobot
  • Moliyaviy operatsiyalarning to'liq to'plami
  • Bir qancha hisob-varaqlarini boshqarish tizimi
  • Ma'lumotlarni himoya qilishning maksimal darajasi

InstaForeks hamkorining kabineti

  • Mijolar va komissiyalar to'g'risida batafsil ma'lumot
  • Hisob-varaqlari va kliklarning grafik statistikasi
  • Vebmaster uchun kerakli vositalar
  • Tayyor veb-echimlar va bannerlarning keng tanlovi
  • Ma'lumotlarning yuqori xavfsizligi
  • Kompaniya yangiliklari, RSS-tasmalar va Foreks-informerlar
Savdo hisob-varag'ini ochish
Hamkorlik dasturi
cabinet icon

InstaForeksdan yana bir Lamborghini!Rulda aynan Sen bo'lishingi mumkin!

Savdo hisob-varag'ini 1000 dollardan boshlab summaga oddiy to'ldir!

Eng yaxshi savdo sharoitlari va hashamatli bonus takliflarini ol! Biz 6 ta afsonaviy sportkarlarni topshirishga ulgurdik! Va bu chegaradan ancha uzoq! Navbatdagi oxirgi avloddagi Lamborghini Huracan seniki bo'lishi mumkin!

InstaForeks – o'z g'alabangga investitsiya kirit!

Hisob-varag'ini tez ochish

O'rgatuvchi xatni olish
toolbar icon

Savdo platformasi

Mobil qurilmalar uchun

Brauzerda savdo qilish uchun

InstaForeks bonuslari

InstaForeks bonuslari
info icon Moliyaviy savollar

InstaForeksning kurslarni konvertatsiya qilish tizimi mablag' to'ldirishda va yechib olishda boshqa Foreks-brokerlarning takliflaridan nimasi bilan farq qiladi?

Kompaniyada hisob-varag'idagi valyutadan farqli valyuta bilan to'ldirishda joriy bozor kursidan foydalaniladi. To'ldirish kursi bo'yicha axborotdan mijozlar kabinetida ham, kompaniyasning asosiy saytida ham foydalanish mumkin (bunda konvertatsiya BID narxi bo'yicha yuz beradi).
Mablag'ni yechib olishda to'ldirish valyutasi hisob-varag'idagi valyutadan farq qilganda, kompaniya o'rtacha muvozanatli kursdan foydalani, bu kursni aniqlashda to'ldirishlar hajmi va kurslar hisobga olinadi.
InstaForeks kompaniyasida o'rtacha muvozanatli kurs boshqa Foreks-brokerlarning qo'llaniladigan ichki kurslar tizimlariga qaraganda ancha foydali, chunki ichki kurslar ulgan ichki spredlar bilan ifodalanib, ular ishtirokidagi to'ldirish bir kurs bo'yicha, yechib olish esa boshqa kurs bo'yicha amalga oshiriladi. Bunda yechib olish va to'ldirish o'rtasidagi farq 10%gacha etishi mumkin, bu esa hisob-varag'ini 10000 rublga to'ldirishda hatto yechib olish o'sha kuni almaga oshirilayotgan bo'lsa ham, Siz kafolatli tarzda 1000 rubl yo'qotasiz.

Kurslarni aniqlashga o'rtacha vaznli yondashuvda 10000 rublga to'ldirshida Siz o'shancha 10000 rublni olasiz va o'shancha midordagi dollarlarga yana qaytib olasiz.

O'rtacha muvozanatli kursni hisoblashga misol:
Avval mijoz o'z dollarli hisob-varag'ini bir dollar uchun 66,57 rubl kursi bo'yicha 10000 rublga to'ldirdi. Hisob-varag'iga o'tganish paytida mablag' 150,22 dollarni tashkil etdi.
Ma'lum bir vaqtdan keyin mijoz bir dollarga 63,81 rubl kursi bo'yicha 5000 rubl mablag' to'ldirdi. Hisob-varag'iga o'tkazish vaqtida mablag' 78,36 dollarni tashkil etdi.
Ma'lum vaqtdan so'ng mijoz 300 dollar miqdorida ishlab topgan mablag'ini echib olishni xohlab qoldi. O'rtacha muvozanatli kursdan hisoblash o'rtacha arifmetik muvozanatli qiymat formulasi bo'yicha amalga oshiriladi:
10000/15000*66,57+5000/15000*63,81=65,65.
Shunday qilib, chiqarish uchun summa rubllarda 19695 rublni tashkil qiladi.


InstaForeksda hisob-varag'i to'ldirishning va mablag'ni yechib olishning qanday usullari qo'llab-quvvatlanadi?

Siz RBKMoney, Qiwi, MoneyBookers/Skrill, Neteller, Яндекс.Деньги, Деньги@Mail.ru, Z-Payment orqali, Visa, MasterCard kartalari va bank o'tkazmasi bilan, shuningdek bizning dilerlarimizda o'z savdo hisob-varag'inizni to'ldirishingiz mumkin. Yechish to'ldirish amalga oshirilgan usul bilan bajarilishi mumkin.


To'ldirishda kompaniya tomonidan biror komissiya olinadimi?

To'ldirishda hech qanday komissiya undirilmaydi, biroq shuni hisobga olish zarurki, o'tkama summasidan EPS orqali o'tkazishda to'lov tizimining o'zidan yoki bank valyuta o'tkazmasidan hisobga kiritishda va yechib olishda bank komissiyasi yechib olinadi.


Savdo hisob-varag'ini to'ldirish qancha vaqt oladi?

RBKMoney, Z-Payment, OnPay orqali to'ldirish bir onda amalga oshiriladi, Qiwi orqali - 15 daqiqa ichida, Yandeks.Dengi orqali – 3 soat ichida, Visa/MasterCard kartalaridan - tanlangan to'lov usuliga bog'liq holda bir onda yoki 24 soatgacha, MoneyBookers/Skrill, Neteller orqali - 24 soat ichida. Hisob-varag'ini bizning dilerlar orqali to'ldirish 1-4 soatni oladi. Bank o'tkazmasi orqali to'ldirish 4 kungacha davom etadi.


Savdo hisob-varag'idan mablag'larni yechish qancha vaqt oladi?

QIWI, MoneyBookers/Skrill va boshqa to'lov tizimlari orqali yechish 1 dan 7 soatgacha vaqt oladi. Bank o'tkazmasi orqali mablag'larni yechish 2-4 kun oladi. Visa kartaga yechish jarayoni 1-6 bank ish kuni davom etadi.


Yechib olinadigan eng kam pul qanday?

Yechib olinadigan eng kam mablag' mavjud emas. Siz doimo hisob-varag'i bo'yicha istagan qoldiqni olishingiz mumkin, bundan bank o'tkazmasi mustastno (yechib olishning minimal summasi 300$), elektron to'lov tizimlari va bank hamyonlari uchun - undirib olinadigan komissiyani hisobga olgan holda 1 USD.


Depozitning minimal summasi qanday?

Depozitning minimal summasi 1 AQSh dollarini tashkil etadi.


Depozit qilingan rekvizitlarga mablag'larni yechish imkoniyati bo'lmaganda, masalan rekvizitlarni yo'qotilishida, qanday amallarni bajarish kerak?

Rekvizitlarni bir to'lov tizimi ichida almashtirish uchun F1 shaklni to'ldirish va pasport skanini change_requisites@mail.instaforex.com manziliga yuborish kerak.


Mavzular ro'yxatiga o'tish
info icon InstaForeksning savdo serverlari

InstaForeks kompaniyasi savdo serverlarining IP-adreslari kanday?

InstaForeks kompaniyasi mijozlari ishlash uchun 10 ta savdo serverlaridan istagan tanlash imkoniyatiga egalar.

InstaForeks kompaniyasida haqiqiy savdo hisob-varag'ini ro'yxatdan o'tkazishda Siz hisob-varag'ini ochish uchun serverni tanlash imkoniyatiga ega bo'lasiz. InstaForeks kompaniyasida haqiqiy hisob-varaqlarini ro'yxatdan o'tkazish uchun barcha mumkin bo'lgan serverlar ro'yxati berilgan:

AQShdagi server, InstaForex-USA.com yoki 184.173.223.74:443 manzilga ega bo'lgan va 10,000 dan boshlab 700,000 gacha va 15,000,000 - 17,999,999 raqamli savdo hisob-varaqlari uchun foydalaniladi;

AQShdagi server, InstaForex-USA2.com yoki 50.22.152.194:443 manzilga ega bo'lgan va 8,000,000 dan 9,000,000 gacha va 80,000,000 - 82,999,999 raqamli savdo hisob-varaqlari uchun foydalaniladi;

Singapurdagi server, InstaForex-Singapore.com yoki 216.12.212.251:443 manzilga ega bo'lgan va 7,000,000 dan 8,000,000 gacha va 70,000,000 - 72,999,999 raqamli savdo hisob-varaqlari uchun foydalaniladi;

Gollandiyadagi server InstaForex-Europe.com yoki 188.138.40.126:443 manzilga ega bo'lgan va 5,000,000 dan 6,000,000 gacha va 50,000,000 - 52,999,999 raqamli savdo hisob-varaqlari uchun foydalaniladi;

Gonkongdagi server, InstaForex-HongKong.com yoki 50.97.132.12:443 manzilga ega bo'lgan va 1,000,000 dan 2,000,000 gacha va 10,000,000 - 12,999,999 raqamli savdo hisob-varaqlari uchun foydalaniladi;

Buyuk Britaniyadagi server, InstaForex-UK.com yoki 88.99.70.23:443 manzilga ega bo'lgan va 2,000,000 dan 3,000,000 gacha va 20,000,000 - 22,999,999 raqamli savdo hisob-varaqlari uchun foydalaniladi;

sentli hisob-varaqlari uchun server InstaForex-Cent.com yoki 176.9.148.69:443 manzilga ega bo'lgan va 3,000,000 dan 3,500,000 gacha va 30,000,000 - 32,999,999 raqamli savdo hisob-varaqlari uchun foydalaniladi;

sentli hisob-varaqlari uchun server InstaForex-Cent2.com yoki 85.10.206.226:443 manzilga ega bo'lgan va 3,500,000 dan 4,000,000 gacha va 35,000,000 - 37,999,999 raqamli savdo hisob-varaqlari uchun foydalaniladi.

Demo-hisob-varag'ini ro'yxatdan o'tkazishda quyidagi serverlardan birini ko'rsatish kerak:

tanlovlar uchun server InstaForex-Contest.com yoki 173.192.99.81:443 manzilga ega bo'lgan, 65,000,000 dan boshlab raqamli demo-hisob-varaqlari uchun foydalaniladi;

boshqa demo-hisob-varaqlari uchun server, InstaForex-1Demo.com yoki 188.138.32.156:443 manzilga ega, 60,000,000 dan 65,000,000 gacha bo'lgan hisob-varaqlari uchun.


Mavzular ro'yxatiga o'tish
info icon Savdo shartlari bo'yicha savollar

Nima uchun InstaForeks standart 100000 lot o'rniga 10000 lotdan foydalanadi?

InstaForeks kompaniyasi Forexda bitta hisob-varag'i ichida bir yo'la uch xil hisob-varaqlaridan foydalanib savdo qilish imkoniyatlarini taqdim etadi: Micro Forex, Mini Forex, Standard Forex. Bunday texnologiyani amalga oshirish imkoni bo'lishi uchun lotning 10000 nostandart o'lchovi kiritilgan edi, u 0.01 lotga bitim qilganda 0.01 USD punktni narxini beradi, ya'ni multaq minimumni beradi, u esa 5000-10000 gacha hisob-varaqlari egalariga o'z xavflarini maksimal nazorat qilish imkonini beradi. Ayni paytda, 10000 ga teng bo'lgan lot o'lchovi bitimlarni ochishda punkt qiymatini hisoblashni oson qulay qiladi.

Quyida keltirilgan ma'lumotlarga qarash etarlidir:
0.01 InstaForeks-lotli bitim = Punkt narxi 0.01 USD
0.1 InstaForeks-lotli bitim = Punkt narxi 0.1 USD
1 InstaForeks-lotli bitim = Punkt narxi 1 USD
10 InstaForeks-lotli bitim = Punkt narxi 10 USD
100 InstaForeks-lotli bitim = Punkt narxi 100 USD
1000 InstaForeks-lotli bitim = Punkt narxi 1000 USD

Hisob-kitoblarning qulayligi va bitta savdo hisob-varag'ida Forex-savdoning uchta darajasini bir yo'la qo'shib olib borish imkoniyati InstaForeks-lotlarini InstaForeks kompaniyasining so'zsiz afzal qiladi.


Kredit yelkasi - bu nima?

Kredit yelkasi - bu garov summasi bilan unga ajratilgan qarz mablag'larining o'zaro nisbati (1:100, 1:200, 1:1000). 1:100 kredit yelkasi brokerdagi savdo hisob-varag'ida bitimni amalga oshirish uchun Siz bitimning summasidan 100 marta kam summaga ega bo'lishingiz kerakligini bildiradi. InstaForkes kompaniyasida Siz 1:1 dan 1:1000 gacha yelka tanlashingiz mumkin.


Nima uchun men bozorni kuzatish darchasida barcha simvollarni kurmayapman?

Bu Sizning terminalingiz u yoki bu juftliklar bo'yicha kotirovkalarni olishga obuna bo'lish bilan bog'liq. Taqdim etilayotgan kotirovkalar ro'yxatini kengaytirish uchun bozorni kuzatish darchasida o'ng tugmachani bosish va - "Hammasini ko'rsatish" bandiga bosish yetarli.


Yangiliklar vaqtida spredlar kattalashtirilishi mumkinmi?

InstaForeks kompaniyasi yangiliklar vaqtida hech qachon spredlarni kattalashtirmaydi. Har bir treyder shunga ishonch hosil qilishi mumkinki savdo shartlari hatto "yangiliklar" vaqtida ham o'zgarishsiz qoladi.


Men maslahatchilardan foydalanishim mumkinmi, va bu masalada biror cheklashlar mavjudmi?

Maslahatchilardan foydalanishga hech qanday cheklashlar mavjud emas.


Men kompaniyaga biron narsa qarz bo'lib qolishim mumkinmi?

Yo'q, bo'lishi mumkin emas. Agar bitim natijasida hisob-varag'ida minus hosil bo'lsa, kompaniya uni nolgacha tiklash majburiyatini oladi.


Demoda savdo qilish haqiqiy savdo hisob-varaqlarida savdo qilishdan farq qiladimi?

Savdo shartlarida yoki tasniflarida farqlar ko'zda tutilmagan. Demo hisob-varaqlarida ishlash shartlarini takrorlaydi, faqat farq shundaki, o'quv hisob-varaqlari uchun yechib olish va to'ldirish operatsiyalaridan foydalanib bo'lmaydi.


Minimal depozit qanchaga teng?

Minimal depozit bir dolarni tashkil etadi, bu esa Sizga vositalardan har biri bo'yicha bitim ochish imkonni beradi.


Nima uchun EUR/GBP, EUR/CHF juftliklari suzuvchi spredlarga ega?

Suzuvchi spred eng yirik xalqaro brokerlar tomonida o'z ishlarida foydalanadigan umume'tirof etilgan vosita hisoblanadi. Bir qator savdo vositalari uchun, shu jumladan EUR/GBP, EUR/CHF uchun ham suzuvchi spred qo'llaniladi. Spred kompaniya ishlayotgan bozor sharoitlari bilan belgilanadigan bitim uchun brokerga beriladigan mukofot hisoblanadi. Spredlarning kontragentlarda ko'tarilishi munosabati bilan va o'zgaruvchanlik past bo'lgan paytda spred suzuvchi holatga o'tkazilgan edi. Suzuvchi spred qo'llaniladigan barcha vositalar bo'yicha axborot bilan Siz spetsifikatsiyalar sahifasida tanishib olishingiz mumkin


Iltimos, bonuslarni olish uchun havolani bering?

Siz istagan bonus turini tanlashingiz va uni olish uchun so'rovni bu yerda yuborishingiz mumkin.


Sizda mikro va mini hisob-varaqlari mavjudmi?

Ha, mavjud, biroq InstaForexda bunday savdo mikro- va mini-lotlarda amalga oshiriladi, ya'ni Siz bizda 0,01 lotdan boshlab savdo qilishingiz mumkin, bu mikro-hisob-varag'iga ekvivalentdir.


Men kredit telkasini qanday almashtirishim mumkin?

Kredit yelkasini o'zingiz Mijoz kabinetida mustaqil almashtirishingiz mumkin.
Agar biror sabablarga ko'ra Siz Mijoz kabinetida buni bajarishning imkoni bo'lmay qolsa, u holda Live chat, Yahoo, Skype, ICQ orqali qo'llab-quvvatlash xizmati bilan bog'laning va ularga savdo hisob-varag'i raqamini, telefon parolini va istagan yelkani xabar qiling.


Men treyder parolini yoki pin-kodni unutdim, (yoki men treyder parolini yoki pin-kodni o'zgartirmoqchiman) - buni qanday qilishim mumkin?

Treyder paroli mijoz tomonidan mustaqil Mijoz kabinetida o'zgartilishi mumkin, yoki MetaTrader savdo terminalining sozlanmalarida o'zgartiriladi.

Unutilgan treyder parolini o'zgartirish uchun, iltimos, istalgan usul bilan qo'llab-quvvatlash xizmatiga hisob-varag'i raqamini va telefon parolinini xabar qiling. Shuningdek, istagan yangi treyder paroli (lotin xarflari va raqamlarda, 6 tadan 12 tagacha simvol) ni ayting.

Agr telefon paroli unutilgan yoki uni almashtirish zaruriyati bo'lsa, qo'llab-quvvatlash xizmatiga support@instaforex.com yoki clients@instaforex.com pochtalari orqali murojaat qiling, bunda xatga pasport/haydovchilik guvohnomasining skanini ilova qiling, hamda hisob-varag'i raqamini xabar qiling. Sizning treyder parolingiz tiklanadi yoki Sizing xohishingizga ko'ra o'zgartiriladi.

Mablag'larni yechish uchun foydalanadigan PIN-kodni o'zgartirish uchun qo'llab-quvvatlash xizmatiga support@instaforex.com yoki clients@instaforex.com pochtasi orqali murojaat qiling, bunda xatga pasport/haydovchilik guvohnomasining skanini ilova qiling, hamda hisob-varag'i raqamini xabar qiling. Shuningdek, xatda yangi PIN-kod (raqamlar, yoki raqamlar va xarflar)ni ko'rsating.


Men bir ismga bir nechta hisob-varaqlarini ochishim mumkinmi?

Ha, mumkin. Bir ismga ochiladigan haqiqiy va o'quv hisob-varaqlarining soniga cheklanishlar yo'k.


Men MetaTraderda ko'pi bilan 8 lot savdo qilishim mumkinmi?

Yo'q, islagan lotlar sonini (10000 gacha) o'zingiz kiritishingiz mumkin.


MetaTraderda men eng ko'pi bilan 8 ta lot bilan savdo qilishim mumkinmi?

Yo'q, qo'lda istagan miqdordagi lotlarni (10000 gacha) yozib qo'yish mumkin.


Mavzular ro'yxatiga o'tish
info icon MetaTrader 4 va MetaTrader 5 savdo terminallari orasida farqlar

Foreks bozorida haqiqiy o'sishga erishgan va ko'pchilik treyderlarga yoqib qolgan MetaTrader savdo platformasi 2001 yildan beri ma'lum. 14 yil mobaynida MetaQuotes Software Corp. kompaniyasi - savdo platformasi ishlab chiqaruvchisi – ilovani takomillashtira oldi va uni funksional qila oldi. MetaTrader savdo terminalining bugungi kundagi mashhur modifikatsiyalari MetaTrader 4 va MetaTrader 5 hisoblanadi. Platformaning 4 va 5-versiyalari orasida faqat chiqish vaqti bo'yicha emas, balki ilovaning "ichida" ham, shuningdek savdo jarayonini tashkil etishda jiddiy farqlar bor. MetaTrader 4 va MetaTrader 5ning farq qiluvchi xususiyatlari bilan yanada mufassal tanishib chiqishni taklif etamiz.

T/rTaqqoslash uchun bandlarMetaTrader 4MetaTrader 5
1O'rnatishKo'p vaqtni olmaydi va oddiy hisoblanadi, hisob-varag'ini ochishda tanlab olinadigan broker-kompaniyaning serveri manzilini talab etadi.Ko'p vaqtni olmaydi va oddiy hisoblanadi, hisob-varag'ini ochishda tanlab olinadigan broker-kompaniyaning serveri manzilini talab etadi.
2Grafiklarning akslantirishBir vaqtda ochilishi mumkin bo'lgan grafiklar miqdori cheklanmagan. Tikli grafikda savdo qilish mumkin.Bir vaqtda ochilishi mumkin bo'lgan grafiklar miqdori cheklanmagan. Tikli grafikda savdo qilish mumkin.
3Taymfreymlar soni9 ta vaqtli davrlar21 ta vaqtli davrlar
4Fundamental tahlil (yangiliklar bo'yicha savdo qilish)Iqtisodiy taqvim mavjud emas, biroq qo'shimcha plaginlarni o'rnatish imkoniyati bor.Terminalda tadbirlar va voqealar, jadvallar va bashoratlar va h.k.lar sharhlari bilan iqtisodiy taqvim o'rnatilgan.
5Texnik indikatorlar, grafik va tahliliy ob'ektlar30 ta indikator
mavjud emas
mavjud emas
38 ta indikator
46 ta grafik ob'ekt
22 ta tahliliy ob'ekt
6Foreks-maslahatchilarMetaTrader 4 muharriri
Strategy Tester 4 (Strategiyalar testeri)
Mahsulotlar savdo terminalining faqat 4-versiyasiga moslangan, MQL 4 tili yordamida yozilgan.
MetaTrader 5 redaktor
Strategy Tester 5 (Strategiyalar testeri)
Strategy Tester Agent Manager 5
Mahsulotlar yaxshilangan va yangilangan, savdo terminalining faqat 5-versiyasiga moslangan, MQL 5 tili yordamida yozilgan. MetaTrader 4ga qaraganda MetaTrader 5da masalahatchilarni yig'ish yoki yaratish ancha murakkab.
7Orderlarning turlari va miqdoriBozor orderlari – 2
Kechiktirilgan orderlar – 4
Stop-orderlari – 2
Bozor orderlari – 2
Kechiktirilgan orderlar – 6
Stop-orderlari – 2
8DarajalarFoydalanuvchi bitta valyuta vositasida va yo'nalishida, ammo turli xil darajalarda istagan sondagi orderlarni ochishi va har biri bilan alohida ishlashi mumkin.Foydalanuvchi bitta yo'nalishda istagan sondagi orderlari ochishi mumkin, ammo ular grafikda birlashadi va bitta yagona pozitsiyani egallaydi.
9Qo'shimcha MQL-mahsulotlarini sotib olishQo'shimcha mahsulotlarni sotib olish uchun MQL4.com saytiga o'tish zarur. Savdo platformasining bu versiyasi mazkur portalga avtomatik o'tishni amalga oshirmaydi.MQL-mahsulotlarni maxsus ilovani ochib sotib olish mumkin. Mahsulotlar saytga o'tgandan so'ng emas, balki o'rnatilgan ilova orqali xarid qilinadi.
10LokirovkalashQarshi pozitsiyalarni lokirovkalashni amalga oshirish mumkin.Qarshi pozitsiyalarni lokirovkalashni amalga oshirish mumkin.
11Savdo qilish (xedjirlash, FIFO va h.k.)Barcha savdo usullarini va strategiyalarini qo'llagan holda treyding uchun sharoitlar yaratilgan.Barcha savdo usullarini va strategiyalarini qo'llagan holda treyding uchun sharoitlar yaratilgan.
12Foydalanuvchilar miqdoriSavdo terminalining mazkur versiyasidan foydalanuvchi brokerlar soni 5-versiyaning tarafdorlari sonidan ortadi.Mazkur savdo platformasini qo'llovchi va unda xizmatlarni taklif etuvchi brokerlar soni 4-versiyadagiga qaraganda ancha kam.
13BozorForeks bozorining vositalari bilan, shuningdek fyucherslar, opsionlar, qimmatli qog'ozlar va h.k.lar bilan savdo qilish.Foreks bozorining asosiy vositalari, shuningdek metallar, aksiyalar.
14Narxlar stakaniMavjud emasKiritilgan
15InterfeysOddiy va qulay. "Bir chaqirishda savdo qilish" va "Olib kirish" vazifalari platformaning 500-versiyasida mavjud.Ancha optimallashtirilgan, dizayn o'zgartirilgan. "Bir chaqirishda savdo qilish" va "Olib kirish" vazifalari ulangan. Izlash satri qo'shilgan, "Bozor sharhi" darchasida axborot ilovasi paydo bo'ldi.
16Mijoz kabinetiMijoz kabinetining barcha servislaridan foydalanish mumkin.MT5 platformasida hisob-varaqlari uchun mijoz kabineti mavjud emas. Mablag'lar bilan to'ldirish va yechib olish bosh sayt orqali amalga oshiriladi.
Mavzular ro'yxatiga o'tish
info icon Hamkorlik dasturi bo'yicha savollar

Agar men hamkor bo'lsam, menga beriladigan mukofot qancha bo'ladi?

Сiz har bir bitimdan 1,5 punkt olasiz. Bu butun dunyoda foydalanish uchun qabul qilingan standart sxemadir.


Men boshqa mijozlarni qanday qilib jalb qilaman?

Hamkorlik hisob-varag'i ochilgandan so'ng (bunda bu hisob-varag'i orqali ham savdo qilish mumkin) Siz mijozlarni hamkorlik havolalarini tarqatish bilan, unga tashrif buyurilgandan so'ng ular avtomatik tarzda sizning referalingiz bo'lib hisoblanadi, ham tanishlar orasida axborot tarqatib ham Siz mijozlarni jalb qilishingiz mumkin. Ikkinchi holda, Sizning tanishingizni referal sifatida yozib qo'yish uchun Siz unga o'zingizning hamkorlik kodingizni aytishingiz yetarli (bu kodni u hisob-varag'ini ochishda qayd etish shaklida yozib qo'yish zarur bo'ladi) yoki uning FISh va hisob-varag'i raqamini, shuningdek o'z hamkorlik hisob-varag'i raqamini rus.partners@instaforex.com ga xatda ko'rsatish kerak. Hamkorlik dasturi bo'yicha to'liq axborot bilan Siz saytning maxsus bo'limida tanishib olishingiz mumkin.


Hamkorlik komissiyalarini yechib olishga biror cheklashlar bormi?

Hech qanday cheklashlar yo'q.


Hamkorlik dasturida ishtirok etish uchun biror talablar bormi?

Hech qanday talablar yo'q. Siz yangi tashrif buyuruvchilarni tanishlar orasida axborotni tarqatib ham, Sizning hududingizda kompaniyaning vakili sifatida ishlab ham jalb qilishingiz mumkin.


Mavzular ro'yxatiga o'tish
info icon PAMM-tizim bo'yicha savollar

PAMM-tizimda ishtirok etish uchun talabnomadan so'ng to'ldiriladigan PAMM-aloqa axboroti nima va u nimaga kerak?

Mazkur axborot Sizning kontragentlaringizga investitsiyalash operatsiyalari bo'yicha xabar qilinadi. Agar Siz pullarni investitsiya qilsangiz yoki Sizga pul investitsiya qilinsa, Siz avtomatik ravishda boshqa tomonning kontak axborotini olasiz va aksincha. Bu investitsiyalash operatsiyalari ishtirokchilar o'rtasida aloqani ta'minlashga imkon beradi, chunki kompaniya Treydernin mablag'larini va foizini qaytarishni kafolatla, lekin Treyderning va Investorning o'zaro munosabatlarining boshqa sohalariga tegmagan holda texnik qism bo'yicha faqat vositachi tarzida ishtirok etadi.


PAMMda ishtirok etish uchun hisob-varag'idagi valyuta qanday bo'lishi kerak?

Ayni paytda PAMM-tizimda InstaForeks kompaniyasida faqat dollarli hisob-varaqlari qayd etilishi mumkin. Agar Sizda dollarli hisob-varag'i bo'lmagan holda Siz kompaniya saytida haqiqiy vaqt rejimida uni ochishingiz mumkin.


Men PAMM investorman investitsiyalashga talabnomani ma'qulladim. "Sinxronlashni kutmoqda" muyurtmasining ma'nosi nima degani?

"Sinxronlashni kutmoqda" Sizning investitsiyangiz yaqin vaqtda hisobga kiritiladi, degan ma'noni anglatadi. Investitsiyani hisobga kiritish vaqti qayd qilinuvchi bo'lib hisoblanadi va o'rtacha bir soatda bir marta o'rinli bo'ladi.


Men PAMM treyderman, nima uchun mening balansim yangi investitsiya qabul qilgandan so'ng ortmadi?

"Investitsiyani qablu qilish" tugmachasini bosilishi bilan darhol investitsiyaning maqomi "Sinxronlashni kutmoqda"ga o'zgaradi, bu esa investitsiya hisob-varag'iga kiritilguncha biroz vaqt kutish zarurligini anglatadi. Sinxronlashni kutuvchi boshqa investitsiyalar mavjud bo'lgan holda ular hisob-varag'iga bir vaqtda hisob qilinadi.


PAMM-Treyder mening pullarimni yo'qotmasligining qanday kafolatlari bor?

InstaForeks kompaniyasining PAMM tizimi Boshqaruvchi treyderlar savdosining daromadli bo'lishiga kafolat bermaydi. U treyderlar va investorlarning o'zaro munosabatlarini texnik ta'minlash uchun mo'ljallangan bo'lib, u o'z ichiga PAMM-Treyderlarning savdo varaqlarini avtomatik monitoring qilish, to'la avtomatik rejimda mablag'larni qabul qilish va qaytarishni qamrab oladi. Shunday qilib, tizim Sizning mablag'laringizni PAMM-Treyderlar tomonidan echib olinishi mumkinligidan himoya qiladi. Bundan tashqari, tizim o'z mablag'laringizni PAMM-Treyderning hisob-varag'idan birinchi talab bo'yicha talabnoma rasmiylashtirilgandan so'ng 30-60 daqiqa ichida olishingiz mumkinligiga kafolat beradi (Siz mablag'larni qaytarib olish uchun sinxronlashlar orasidagi qaysi paytda talab qilganingizga bog'liq holda).


PAMM-Treyder mening investitsiya qilingan mablag'larimni echib olishi mumkinmi?

InstaForeks kompaniyasining PAMM hisob-varaqlari tizimi investorlarni ularning mablag'larini PAMM-Treyder tomonidan yechib olish xavfidan himoya qiladi. PAMM-Treyder bitimlarga kiritilmagan, PAMM tizimda qayd etilgan hisob-varag'idagi o'z ulushining faqat bir qisminigina yechib olishi mumkin.


Investor o'z mablag'larini qaytarib olishga buyurtma berishi PAMM-Treyderning hisob-varag'ida stop-autning bir onda yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin emasmi?

Agar hisob-varaqdagi investorlarning ulushi 90%dan ortiqni tashkil etsa, va uning soni kichik yoki xatto birga teng bo'lsa, u holda bunday xavf mavjud bo'ladi. Biroq PAMM tizim Boshqarishga yuzlab PAMM-Treyderlardan mablag'lar qabul qilishga imkon beradi, bu bitta savdo hisob-varag'ida yuzlab investorlarning ulushlari mavjud bo'lishi mumkinligini anglatadi, ular tomonidan bir vaqtda mablag'larni yechib olish ehtimolligijuda kam va jalb qilingan investorlar soniga teskari proportsional.


PAMM tizimda hamkorlik hisob-varag'ini ro'yxatdan o'tkazish mumkinmi?

Hamkorlik hisob-varaqlari PAMM tizimda PAMM-Hamkorlar va PAMM-Investorlar sifatida qayd etilishi mumkin. PAMM-tizimda boshqaruvchi treyder sifatida ro'yxatdan o'tish uchun hamkor kompaniyada savdo hisob-varag'ini ochishi yetarli.


Men PAMM-Treyderning hisob-varag'idan yechib olishim mumkin bo'lgan joriy foydani qayerdan ko'rishim mumkin?

Shaxsiy kabinetda bosh menyuda "PAMM-tizim"ni tanlash, keyin ochilgan sahifada "Mening investitsiyalarim" havolasi bo'yicha o'tish zarur. Biroq investor uchun faqat HAMMA investitsiyani echish olish mumkin. Agar PAMM-Treyderning hisob-varag'idan turli xil qismlar bilan mablag'larni yechib olmoqchi bo'lsangiz,Siz uning hisob-varag'iga kichikroq hajmdagi bir necha investitsiya kiritishingiz zarur bo'ladi. Bu har bir investitsiyani alohida yechib olishga imkon beradi.


PAMM-Treyderni yangi investitsiyalar to'g'risida SMS orqali xabardor qilish xizmati bepulmi?

Ha, xizmat bepul, lekin bitta hisob-varag'iga bir sutkada ko'pi bilan 10 ta sms yuborilishi mumkin.


PAMM-Investor PAMM-Treyderning hisobli ochilgan hamkorlik hisob-varag'ining egasi ham bo'lishi mumkinmi?

Ayni paytda PAMM-tizimda ro'yxatdan o'tkazilgan hisob-varaqlaridan komissiya olish uchun hech bir cheklashlar mavjud emas. Shunga qaramay bunday hisob-varaqlar InstaForeksning hamkorlik dasturlarining umumiy qoidalariga bo'ysunadi.


Men PAMM-Treyderman, investitsiya qilingan mablag'larni boshqarish uchun foydadan men oladigan komissiya miqdori almashtirishim mumkinmi?

Undiriladigan komissiya miqdorini Siz hisob-varag'ini PAMM-tizimda ro'yxatdan o'tkazishda belgilab qo'yasiz, shuningdek komissiya miqdori PAMM-kabinetda istagan payt o'zgartirilishi mumkin, biroq o'zgarishlar amalda bo'lgan investitsiyalarga ta'sir qilmaydi va faqat yangi investitsiyalarga nisbatan qo'llaniladi. Bundan tashqari Siz investitsiya qilish shartlari va komissiya miqdorining bir-biridan farq qiluvchi bir necha shartlarini yaratish optsiyasidan foydalanishingiz mumkin. Shunday qilib PAMM-Investorga investitsiya qilishning 5 tagacha turli xil shartlaridan foydalanish imkoniyati mavjud bo'ladi.


Men PAMM-Investorman, investitsiya qilish uchun talabnomani jo'natdim. PAMM-Treyder uni qabul qilmayapti ammo rad etmayapti ham. Talabnomaning amal qilish muddati qanday va investitsiya summasi mening savdo hisob-varag'imga qachon qaytib keladi?

Agar PAMM-Treyder talabnomani qabul qilish bo'yicha biror bir harakatlarni 72 soat (3 sutka) ichida amalga oshirmasa, u mablag' Sizning PAMM-Investor hisob-varag'ingizga qaytib keladi. Xuddi shunday Siz PAMM-Investor sifatida agar investitsiya PAMM-Treyder tomonidan ham ma'qullanmagan bo'lsa, uni muddatdan avval qaytarishingiz mumkin.


Investitsiyaning o'zini chiqirib olmasdan turib undan foydani yechib olish mumkinmi?

Ha, mumkin. Profitning bir qismini qaytarish uchun "Rollover" opsiyasidan foydalanish kerak, unga PAMM-kabinet investitsiyalari bo'limida kirish mumkin. Mazkur opsiya investitsiyada foyda bo'lgan shartda faol bo'ladi, undan PAMM-treyder ham, PAMM-Investor ham foydalanishi mumkin.


InstaForeksning PAMM-tizimidagi rollover nima?

Investitsiyaning o'zini chiqarmasdan undan foydani yechib olib olish operatsiyasiga Rollover deyiladi. Rollover doirasida shuningdek foydani taqsimlashning belgilangan foizli nisbatiga muvofiq PAMM-Investor va PAMM-Treyder o'rtasida foydani taqsimlash yuz beradi.


PAMM-Treyder PAMM xizmatini o'chirib qo'yishi (monitoringdagi o'z ishtirokini bekor qilishi) mumkinmi?

Shaxsiy kabinetda Siz "Monitoringda hisob-varag'ini yashirish" funksiyasini faollashtirishingiz mumkin, u hisob-varag'ini monitoringdan yo'qotishga imkon beradi. Agar Siz PAMM-tizimda boqa rolda (masalan, PAMM-Investor emas, balki PAMM-Treyder yoki aksincha) ro'yxatdan o'tishni istasangiz, Sizga yangi savdo hisob-varag'ini ochish yetarli bo'ladi. InstaForeks kompaniyasida ochiladigan hisob-varaqlari miqdoriga cheklashlar mavjud emas.


Men PAMM-Treyderning hisob-varag'iga bonus mablag'larini investitsiya qilishim mumkinmi?

Ha, qilishingiz mumkin, to'liq yoki qisman. Ayni paytda faqat bitta cheklanish bor - agar hamma depozit PAMM-Treyderning hisob-varag'iga investitsiya qilingan bo'lsa, u holda bonus savdo hisob-varag'ida qoldirilishi mumkin emas. Bunday holda bonus bekor qilinadi.


PAMM-Treyder investorning qanday shaxsiy ma'lumotlarini ko'radi?

PAMM-treyder investor hisob-varag'i raqamini, shuningdek PAMM-tizimda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan uning telefon raqami va e-mailini ko'radi.


PAMM-Investor treyderning qanday shaxsiy ma'lumotlarini ko'radi?

Investitsiya qilishdan oldin PAMM-investor monitoringda PAMM-treyderning, hisob-varag'i raqamini, uning loyihasi nomini, ICQ va Yahoo manzilini (doim), shuningdek agar u ruxsat etgan bo'lsa treyderning nomi va e-mailni ko'radi. Investitsiya qilingandan so'ng qo'shimcha ma'lumot aks ettirilishi mumkin.


PAMM-treyderning hisob-varag'iga bonus olish mumkinmi?

Ha, PAMM-treyderning hisob-varag'iga bonus olinishi mumkin.


Bonus olingan hisob-varag'i PAMM-treyderning hisob-varag'i sifatida ro'yxatdan o'tkazilishi mumkinmi? Bonusga nima bo'ladi?

Bonusli hisob-varag'i PAMM-treyderning hisob-varag'i sifatida ro'yxatdan o'tkazilishi mumkin. Bonus bekor qilinmaydi, balki PAMM-treyderning mablag'lari sifatida hisobga olinadi.


Agar investor o'z hisob-varag'ini to'ldira borsa, bonus olsa, keyin mablag'larni treyder hisob-varaqlariga investitsiya qilsa, bonus bekor qilinadimi?

Qutlov bonusi bekor qilinmaydi.


Treyder tomonidan belgilangan foydadan olinadigan komissiyaning miqdorini investor qaerda ko'rishi mumkin?

Monitoring jadvalida. Agar investitsiya amalga oshirilgan bo'lsa, u holda "mening investitsiyalarim" bo'limida ham ko'rish mumkin.


Hisob-varag'i egasi kiritgan mablag'lar qancha vaqtdan so'ng PAMM tizimida ro'yxatdan o'tkazilgan hisob-varaqlari monitoringida aks ettiriladi?

Grafik uchun o'rtacha 1 soat mobaynida, monitoring uchun 5-10 daqiqa mobaynida.


Hamkor PAMM-treyder bo'lgan o'zi jalb qilgan mijozning savdosi uchun mukofot oladimi?

Ha, odatdagi tartibda oladi.


Investor va treyder o'rtasida zarar qanday taqsimlanadi? Ularning savdoda ishtirok etayotgan ulushlari miqdoridami yoki foydani taqsimlashga mos ravishdami?

Zarar investorlar va treyderning hisob-varag'idagi ulushlariga mutanosib ravishda bo'linadi. Bu yerda mablag'larni boshqarish uchun treyder undiradigan foydadan olinadigan foiz hisobga olinmaydi.


PAMM-loyihaning vidjetda aks ettirilgan daromadliligi to'g'risidagi statistika monitoringdagi ma'lumotlarga mos kelmasligi mumkinmi?

InstaForeks kompaniyasining mijozlari vidjetlarning bir necha turidan foydalanishlari mumkin, shu jumladan, PAMM-loyihalarning daromadliligini balanslar bo'yicha va mablag'lar bo'yicha statistikani aks ettiruvchi vidjetlardan ham foydalanish imkoniga egalar, ayni paytda ma'lumotlarni standartlashtirish monitoringida faqat mablag'lar bo'yicha statistikadan foydalaniladi.


PAMM-loyihalarning vidjetlarida ma'lumotlar qanchalik tez-tez yangilanib boradi?

PAMM-loyihalarning vidjetlaridagi statistik ma'lumotlar bir soatda bir marta keshlanadi, shu munosabat bilan monitoringda taqdim etilgan ma'lumotlardan biroz orqada qolish bo'lishi mumkin.


Qachon PAMM-loyihadan chiqarilgan mablag'larni InstaWallet tizimida o'tkazish imkoni bo'ladi?

PAMM-loyihadan chiqarilgan mablag'lar hisob-varag'iga kelib tushgandan keyin 12 soat o'tgach, ularni o'tkazish mumkin bo'ladi.


Mavzular ro'yxatiga o'tish
info icon ForexCopy tizimi bo'yicha savollar

ForexCopy tizim nima?

Bu tizim ForexCopy Treyderning bitimlaridan haqiqiy vaqt rejimida nusxa olishga va ularni ForexCopy Obunachilarning hisob-varaqlarida avtomatik ochishga imkon beradi. Bunda ForexCopy Obunachilar har bir ForexCopy Treyderning bir sutkadagi nusxa olinadigan bitimlari miqdorini tartibga solishlari, nusxa olinadigan lotlarning nisbatini va o'z hisob-varag'iga nusxa ko'chirish uchun ma'lum bir vositalarni tanlashlari mumkin.


Men ForexCopy Obunachi sifatida qanday vositalar bo'yicha va qanday nisbat bilan ochiladigan lotlar mening hisob-varag'imga bitimlar nusxasi ko'chirishni tanlab olishim mumkinmi?

Ha, Siz barcha bitimlarning ham, nusxasi olinadigan lotlarning oldingdan chiqarilgan nisbati bilan ma'lum vositalar bo'yicha bitimlarning ham nusxasini ko'chirib olishingiz mumkin.


ForexCopy Treyder nusxa ko'chirish uchun komissiyani qachon oladi?

ForexCopy Treyderga komissiya quyidagi hollarda hisob qilinadi:
– ForexCopy Treyderning yoki ForexCopy Obunachining tashabbusi bilan obuna to'xtatilgan paytda;
– rolloverning funksiyasini aktivatsiyalanishi bilan, bunda ForexCopy Obunachining hisob-varag'ida bitimlardan nusxa ko'chirish obunani to'xtatmasdan davom ettiriladi;
– agar ForexCopy Treyder "Obuna kuni narxi" har kunlik to'lov usulini tanlagan bo'lsa, u holda u komissiyani har kuni soat 23:30 GMT+2 da oladi.


Agar men ForexCopy Obunachi bo'lsam, ForexCopy Treyderning nusxasi ko'chirilgan bitimni, agar u haqiqatan ham zararli deb hisoblasam, uni bekor qila olamanmi?

Siz uni MetaTrader terminalida yopishingiz mumkin, lekin uni bekor qila olmaysiz.


Obunaga talabnoma avtomatik tarzda qabul qilinadimi yoki ForexCopy Treyder obunani tasdiqlashi kerakmi?

Bitimlardan nusxa olishga barcha talabnomalar avtomatik tarzda ham, dastaki rejimda ham ForexCopy Treyderning xohishiga bog'liq qabul qilinishi mumkin. Agar talabnoma 72 soat (3 sutka) davomida ma'qullanmagan bo'lsa, u avtomatik ravishda bekor qilinadi.


ForexCopy tizimida bitimlardan nusxa olish tezligi qanday?

MetaTrader terminalida orderlarning paydo bo'lishida kechikish 15 sekundgachani tashkil etishi mumkin, lekin orderlar ForexCopy Treyderning hisob-varag'ida ochilgan orderlar bilan bir xil bo'ladi.


Valyuta juftliklarining qo'lda tanlashda nima uchun uncha katta bo'lmagan ro'yxatdan foydalanish mumkin?

Mazkur ro'yxatda juda tez-tez foydalaniladigan vositalar taqdim etilgan. Agar Siz "InstaForeksning barcha savdo vositalari"dan nusxa olish sozlashini tanlashangiz, u holda treyder savdo qiladigan bracha vositalardan nusxa olinadi, shu jumladan fyucherslar, aksiyalar va hokazolardan nusxa olinadi.


ForexCopy Treyder men uning bitimlariga obuna bo'lgan vaqtimda komissiyani o'zgartirdi. Men komissiyani eski shart bo'yicha to'laymanmi yoki yangisi bo'yichami?

Obuna tugaguncha Siz komissiyani mazkur ForexCopy Treyderga obuna bo'lishda rozi bo'lgan eski shart bo'yicha to'laysiz, ayni paytda yangi ForexCopy Obunachilar bitimlardan yangi shart asosida nusxa olishadi.


Agar ForexCopy Treyder nusxa ko'chirilgan orderni modifikatsiya qilsa, ForexCopy Treyder nusxa ko'chirilgan orderni modifikatsiya qilsa, ForexCopy Obunachida orderning sozlanishi o'zgaradimi?

Ha, ForexCopy Obunachida ham orderning sozlashlari o'zgaradi.


Agar ForexCopy obunachida ForexCopy Treyderga komissiyani to'lash uchun mablag' etmasa, demak, treyder uni olmaydimi?

Agar shunday holat yuz bersa, ya'ni ForexCopy Obunachida ForexCopy Treyderga komissiyani to'lashga mablag'i yetarli bo'lmasa, u holda mazkur vaziyatda komissiya bo'yicha qarzni qoplashga barcha olish mumkin bo'lgan mablag'lardan yopiladi, ayni paytda qoldiq tizimda qayd etilganda va ForexCopy Obunachining hisob-varag'i to'ldirilgandan so'ng, lekin obuna tugangandan 72 soat (3 sutka)dan kechiktirilmagan holda yechib olinadi.


Men ForexCopy Treyderdan obunani bekor qila olamanmi?

Ha, Siz ma'lum bir ForexCopy Treyderdan obunani bekor qila olasiz, lekin buning uchun mazkur treyderdan nusxa olingan va ayni paytda ochilgan bitimlarni yopish zarur.


ForexCopy Treyder o'z hisob-varag'idan bitimlarning nusxasini ForexCopy Obunachiga ko'chirib olishni bekor qilishi mumkinmi?

Ha, ForexCopy Treyder ForexCopy Obunachini o'z hisob-varag'idan bitimlarni ko'chirib olishni bekor qilishi mumkin, lekin bunda treyderning hisob-varag'idan nusxa ko'chirib olingan barcha bitimlar obunachining hisob-varag'ida yopilgan bo'lishi kerak, shuningdek obunachidan olinadigan komissiya 0 dan katta bo'lishi kerak.


Kechiktirilgan orderlarni ForexCopy Obunachining hisob-varag'iga ko'chirish qanday amalga oshiriladi?

Kechiktirilgan orderlar ForexCopy Treyderdan Obunachining hisob-varaqlariga ular ForexCopy Treyderning hisob-varag'ida aktivatsiyalash paytida nusxa ko'chiriladi.


Bitimlardan nusxa ko'chirishni boshlash uchun ForexCopy Obunachining hisob-varag'ida minimal balansga talablar mavjudmi?

Ha mavjud, ForexCopy Obunachining hisob-varag'ida bitimlardan nusxa olishni boshlash uchun kamida 10 USD (bonus mablag'laridan tashqari) bo'lishi kerak.


Mavzular ro'yxatiga o'tish
info icon Foreks Opsionlar bo'yicha savollar

Opsionlarni qachon sotib olish mumkin?

Opsionlar savdosi dushanba kuni 00:01 GMT+2 dan juma kuni 23:50 GMT+2 gacha bo'ladi, Forex bozorida savdolar bo'lmaydigan kunlar mustasno.


Bir sutkada opsionlarni sotib olish limiti qanday?

Sotib olingan opsionlar miqdori va bir sutkadagi yig'indi nominali bo'yicha limit mavjud emas.


Qaysi valyutadagi hisob-varaqlarida optsionlarni sotib olish mumkin?

Opsionlar savdosi USD, EUR, RUR, US Cent va EUR Cent valyutasida ochilgan hisob varaqlari uchun foydalanishi mumkin.


Opsionlarning minimal va maksimal nominallari qanday?

USD valyutasida ochilgan hisob-varaqlari uchun minimal va maksimal nominal bo'lib mos holda 1 USD va 1000 USD hisoblanadi. EUR uchun – bu 1-1000 EUR. Rublli (RUB) hisob-varaqlari uchun minimal nominal 30 RUB va maksimal nominal – 15000 RUB. Sentli hisob-varaqlari uchun nominallar diapazoni 100 dan 50000 sentgacha teng.


Opsionlarni xarid qilish va sotish narxlari qanday belgilanadi?

Opsionlarni xarid qilish va sotish paytidagi narx bo'yicha InstaForeks-USA serverining haqiqiy kotirovkalaridan foydalaniladi.


Men xarid qilingan opsionni bekor qilishim mumkinmi?

Siz opsionni xarid qilish vaqtiga qadar 3 daqiqa avval mazkur opsionni nominalidan 10% tutib qolish sharti bilan bekor qilishingiz mumkin. Agar opsion sotib olingan bo'lsa, uni bekor qilib bo'lmaydi.


Agar opsionni xarid va sotish narxi o'zgarmasa nima bo'ladi?

Agar tanlab olingan vositaning narxi opsionning amal qilish vaqtidan tugashi vaqtigacha o'zgarmasa, bu opsion qiymatini oshirishga yoki kamatirishga tanlangan shart kelib tushmaganligi sababli yutqizishli opsion hisoblanadi.


Mavzular ro'yxatiga o'tish
info icon Hisob-varag'ini verifikatsiyasi bo'yicha savollar

Hisob-varag'ining verifikatsiyasi nima va men verifikatsiya qilinmagan hisob-varag'ida savdo qilishim mumkinmi?

Verifikatsiya – Mijozning shaxsini tasdiqlash. Verifikatsiya avvalo parolni, yoki boshqa maxfiy axborotni tiklashda Sizning hisob-varag'ingizning xavfsizligi uchun yaratilgan. InstaForeks xizmatlarini taqdim etish ofertasiga muvofiq savdo hisob-varag'i verifikatsiyasi ko'ngilli tadbir hisoblanadi, u hisob-varag'ini ochayotgan har bir mijozdan so'ralmaydi. Biroq ayrim maxsus takliflardan foydalanish uchun InstaForeks kompaniyasidan Sizga o'z hisob-varag'ingizni verifikatsiya qilishga keladi. Verifikatsiya pul mablag'lari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarga ta'sir qilmaydi. Szi o'z shaxsingizni tasdiqlovchi istagan hujjatning skanlangan nusxasini jo'natib, savdo hisob-varag'ining verifikatsiya tadbiridan o'tkazishingiz mumkin. Hisob-varag'ini Siz mijozlar kabinetida Hisob-varag'ini verifikatsiya qilish sahifasida verifikatsiya qilishingiz mumkin.


O'z hisob-varag'imni qayerda verifikatsiya qilishim mumkin?

Hisob-varag'ini Siz mijozlar kabinetida "Hisob-varag'ini sozlash" -> "Hisob-varag'igi verifikatsiya qilish" bo'limida verifikatsiya qilishingiz mumkin.


Hisob-varag'ining verifikatsiyasi qancha vaqtni egallaydi?

Hisob-varag'ini verifikatsiya qilish 72 ishchi soatgacha vaqtni egallashi mumkin.


Hisob-varag'ini verifikatsiyalash shartmi?

InstaForeks xizmatlarini taqdim etish ofertasiga muvofiq savdo hisob-varag'ini verifikatsiya qilish ko'ngilli tadbir hisoblanadi, u hisob-varag'ini ochuvchi har mijozdan so'ralmaydi, ammo kompaniyaning ayrim servislarini ulash uchun hisob-varag'ini verifikatsiyalash zarur.


Verifikatsiyalanmagan hisob-varaqlari uchun to'ldirish/yechib olish tadbirlari bo'lishi mumkinmi?

Ha mumkin, Siz hisob-varag'idagi mablag'larni hech bir qiyinchiliklarsiz to'ldirishingiz/yechib olishingiz mumkin.


Verifikatsiyalash uchun qanday hujjatlar zarur bo'ladi?

Hisob-varag'ini verifikatsiyalash uchun shasxni tasdiqlovchi istagan hujjat to'g'ri keladi. Tavsiya etilgan hujjatlar - pasport yoki haydovchilik guvohnomasi.


Hisob-varag'ini verifikatsiyalash uchun hujjat skan nusxasining qanday minimal/maksimal o'lchamidan foydalanish mumkin?

Hujjatning skan-nusxasining bunday minimal o'lchami yo'q, ammo hujjat undagi axborotni o'qish mumkin bo'lishi uchun yaxshi sifatda bo'lishi kerak. Hujjatning maksimal o'lchami 2 Mbni tashkil etadi.


Mening hujjatim verifikatsiyalash uchun qabl qilinmagani to'g'risida xat keldi, men nima qilishim kerak?

Hujjatning verifikatsiyalashga quyidagi holatlarda qabul qilinmasligi mumkin: hujjatning skan-nusxasi sifati juda past; Siz hisob-varag'ini verifikatsiyalash uchun to'g'ri kelmaydigan hujjatni jo'natgansiz (fotosuratsiz yoki F.I.Sh. yozilmagan); Siz jo'natgan hujjat boshqa verifikatsiyalash darajasi uchun jo'natilgan edi.


Hujjatni yuklashga urinishda xatolik/hech narsa yuz bermadi, nima qilishim kerak?

Agar Siz hujjatni yuklaganingizda xatolik chiqsa yoki hech narsa yuz bermasa, iltimos xato to'g'risida mufassal axborotni e-mail: support@instaforex.com manziligi yuboring, hisob-varag'i raqamini xabar qiling va muammoning skrinshotlarini ilova qiling. Shuningdek, Siz boshqa brauzerdan foydalanib, verifikatsiyadan o'tishga harakat qilib ko'rishingiz mumkin.


Hisob-varag'i verifikatsiyalash menga qanday afzalliklarni beradi?

Agar hisob-varag'ini verifikatsiyalashning barcha bosqichlari o'tilgan bo'lsa, Siz kompaniyaning ko'shimcha servislaridan foydalanishingiz mumkin, bu servislardan verifikatsiyalanmagan hisob-varaqlari uchun foydalanib bo'lmaydi.


Men hisob-varag'i verifikatsiyasidan o'tdim. Agar men yangi savdo hisob-varag'i ochgan bo'lsam, verifikatsiya avtomatik ravishda o'tkaziladimi?

Agar yangi savdo hisob-varag'i bosh sayt orqali ro'yxatdan o'tkazishning standart tadbiri bo'yicha ochilgan bo'lsa, verifikatsiyalash uchun hujjatlarni yana qayta yuklash kerak.

Yangi hisob-varag'i verifikatsiyalangan hisob-varag'i kabinetining "hisob-varaqlarni boshqarish"dagi bo'limi orqali ochilgan hollarda verifikatsiya avtomatik tarzda o'tkaziladi.


Mavzular ro'yxatiga o'tish
info icon Umumiy savollar

Men FOREXda minimal depozit bilan ishni boshlasam, qancha ko'p ishlab topishim mumkin?

Bu Sizning tajribangizga bog'liq. Valyuta bozorida savdo qilish, ehtimoldagi foydadan tashqari, depozitni yo'qotish havfi bilan ham bog'liq, bu holat treyder tomonidan qarorlar qabul qilishda hisobga olinishi kerak. O'zingizning xavflaringizni va o'z professionalligingizni faqat o'zingiz baholashingiz mumkin. InstaForeksning savdo shartlari boshlovchi treyderdan tajribali treydergacha bo'lgan yo'lni maksimal darajada osonlik bilan o'tish uchun yaratilgan.


Qo'llab-quvvatlash va qarshilik ko'rsatish darajalari nima?

Qo'llab-quvvatlash darajasi - kurs taxminan yuqoriga qarab ko'tarilishi mumkin bo'lgan paytdagi joriy kursdan past daraja. Qarshilik ko'rsatish darajasi - kurs taxminan pastga qarab burilishi mumkin bo'lgan taxminan joydagi joriy kursdan yuqori daraja.


Treyling-stop nima?

Siz treyling-stopni (masalan, X punktga) chiqarib qo'yganingizda quyidagi holat yuzaga keladi: pozitsiya X punktga foydaga chiqmaguncha (treyling-stopning ko'rsatilgan kattalikka)terminal hech qanday amallarni bajarmaydi. Shundan so'ng terminal joriy narxdan X punkt masofada stop-lossni chiqaradi (mazkur holda - zararsizlik darajasida). Joriy narx va chiqarilgan stop-loss orasidagi masofa X punktdan oshadigan kotirovkani olishda terminal joriy narxdan X punkt masofada stop-orderni o'zgartirishga buyruq jo'natadi. Ya'ni stop-loss joriy narxgacha X punkt masofada "kuzatib boradi". Shunday qilib, treyling-stop - bu boshqarishning ma'lum algoritmi stop-lossning – «narx ketidan profitga harakatidir». Diqqat! Treyling-stop Sizning savdo terminalingiz ishga tushirilganda va bizning serverga interenet orqali ulangandagina ishlaydi.


Profit yoki narx harakatining "figurasi" nima?

Profit figurasi deb ko'pincha 100 punkt foydaga aytiladi. Narx harakati figurasi deb 100 pp. harakatga aytiladi. Shuningdek yaxliy narxlarni ham figura deb ataladi. Masalan, "EURUSD 17-figuradan o'tmoqda" ifodasi kurs 1.1700 belgidan yuqori ko'tarilganini anglatadi.


Savdolar qaysi payt amalga oshiriladi?

Savdolar yakshanba kuni Grinvich vaqti (GMT +00) bo'yicha 22:00 da ochiladi va juma kuni soat 22:00 (GMT +00) da yopiladi.


InstaForeks kompaniyasi nechta savdo serverlaridan foydalanadi va ular qaysi hududlarda joylashtirilgan?

Ayni paytda InstaForeksning savdo tizimi o'z ichiga haqiqiy hisob-varaqlari uchun 2 ta savdo serverini va DEMO hisob-varaqlari uchun uchun bitta savdo serverini qamrab oladi. Ikkita savdo serveri yuklanishning oraliq data-markazlar tizimi vositasida taqsimlaydi, bu data-markazlar o'z ichiga butun dunyo bo'ylab joylashgan 7 ta serverni o'z ichiga qamrab oladi. Shunday qilib, 10 ta serverdan tashkil topgan tizim har bir mijozga savdo markazi bilan ishonchli va tez ulanish imkonini beradi. Oraliq data-markazlardan biri ortiqcha yuklangan holda mijozlar terminali avtomatik ravishda kamroq yuklangan data-markazga ulanadi.

AQShda InstaForexning savdo serveri 5 ta data-markazga ega va butun dunyoda mijozlar uchun, jumladan, Evropadagi, Afrikadagi va Rossiyadagi mijozlar uchun mo'ljallangan. Amerikaning eng yaxshi provayderlaridan biri ta'minlaydigan ishonchli aloqa kanallari va juda kuchli texnik yechimlar AQShda InstaForex savdo serverini Evropa va Amerika mamlakatlaridagi mijozlar o'rtasida mashhur qiladi.

Singapurdagi InstaForex savdo serveri (111.235.136.17:443) 2 ta markazga ega va kompaniyaning yaqin Sharq va Janubiy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlaridagi mijozlari tomonidan foydalaniladi. Chetdagi mijozlarning serverga ulanishidagi qisqa vaqt uni savdo tezligini qadrlovchi Osiyodagi mijozlar uchun jozibali qiladi. Osiyodagi eng yirik moliya markazi - Singapurdagi yetkachi provayderlarda joylashgan 2 ta data-markaz savdo serverlariga tushadigan yuklanishni shunday tarzda taqsimlaydiki, bunda InstaForex mijozlari uchun savdoning maksimal uzluksiz vaqti ta'minlanadi.

InstaForeks kompaniyasining har bir yangi mijozi dunyoning qaysi chekkasida bo'lishidan qat'iy nazar o'zining ehtiyojlariga ko'ra kompaniyaning ikkita savdo serveridan birini tanlashi mumkin. InstaForeksning savdo serverlaridan har biri Internet orqali o'z investitsiyalarini boshqarishning ishonchli vositasi bo'lib hisoblanadi, dunyoning turli qismlaridan serverlargacha yetish vaqtidagi farq 0.2 sekunddan oshmaydi. Kompaniyaning ko'pchilik mijozlari bir yo'la ikkala serverda bir necha hisob-varaqlarini ochishadi, bunda ulardan har birining amalda ishlash sifatini baholash imkoniyati paydo bo'ladi.


InstaForex kompaniyasi ECN-broker xizmatini taqdim etadimi?

InstaForex kompaniyasi universal broker hisoblanadi va o'z mijozlariga Foreks bozorida savdo qilish uchun vositalar va imkoniyatlarning to'liq to'plamini, shu jumladan ECN-broker xizmatlarini ham taqdim etadi. ECN-brokerlarning ishi mohiyati to'g'risidagi yanada mufassal axborotni kompaniya saytining tegishli sahifasida sahifasida bilib olishingiz mumkin.


Mavzular ro'yxatiga o'tish