"Biz InstaForeks kompaniyasini o'zimizning futbol klubimiz oilasiga qabul qilishdan juda xursandmiz. Bu "Liverpul" futbol klubining Foreksda onlayn savdo xizmatlarini taqdim etuvchi birinchi hamkoridir. 2 milliondan ortiq treyderlardan iborat kompaniya mijozlari, shu jumladan Osiyo va MDH davlatlarida yashovchilar futbol klubi to'g'risidagi ma'lumotlarni birinchi, bosh manbadan olishlari, shuningdek jamoaning o'yiniga biletlar yutug'ida ishtirok etish mumkin" - deb hikoya qiladi bitim to'g'risida "Liverpul" futbol klubining tijorat bo'limi boshlig'i Billi Xogan.

Tuzilgan hamkorlik bitimini sharhlab, InstaForeks kompaniyasining rivojlanish bo'yicha direktori Pavel Shkapenko bunday dedi: "InstaForeks kompaniyasida va "Liverpul" futbol klubining maqsadlari o'xshash: biz Foreks bozorida eng yaxshi bo'lishga intilamiz, "Liverpul" futbol klubi esa futbol maydonida eng yaxshi jamoa bo'lishga harakat qiladi. Bu bitim bizning yosh va dinamik rivojlanuvchi, bir asrdan ortiq an'analarga ega brendni birlashtiradi. Biz shu darajada mashhur va muvaffaqiyatga erishgan klub bilan ishlashdan xursandmiz".

"Liverpul" futbol klubiga 1892 yilda asos solingan bo'lib, u hozirgi kunda dunyoning eng mashhur futbol klublaridan biri bo'lib hisoblanadi. U Angliyaning 18 karra chempioni, Angliya kubogining 7 karra g'olibi, Liga kubogining 8 karra sohibi, Chempionlar ligasi/kubogining 5 karra g'olibi, UEFA Superkubogining 3 karra g'olibi va Angliya Superkubogining 15 karra g'olibi hisoblanadi.

Liverpul
Liverpulning jonli afsonasi Yan Rash InstaForeks va Liverpul futbol klubining ikki yillik hamkorligi to'g'risida e'lon qilib, qo'lida InstaForeks futbolkasini tutib turar edi


Shuningdek quyidagilarni ham ko'ring

"Palermo" futbol klubi - InstaForeksning yangi hamkori

Bizning yangi hamkorimiz - Italiyaning "Palermo" futbol klubidir, uning tarixi shu nomdagi shaharda 1900 yilda boshlangan edi. Serquyosh Sitsiliyadagi futbol klubi bilan hamkorlik to'g'risidagi bitim 2015 yilning kuzida 2015-2016 yil Italiya chempionatining eng qizg'in damlarida imzolangan edi. Ayni paytda "Palermo" A seriyada yuqori o'yinlar uchun kurash olib bormoqda. Klubning izzat-nafsoniyati Italiya chempionatida eng kuchli hujum chiziqlaridan biri bilan mustahkamlangan bo'lib, bu hujum chizig'i Alberto Djilardino - milliy terma jamoa tarkibida 2006 yil jahon chempioni va Franko Vaskes - hozirgi vaqtda Italiya terma jamoasining asosiy to'purarlaridan biri kabi yulduzlar bilan ifoda etilgan.

Mufassalroq

InstaForeks – Dragon Rasingning rasmiy hamkori

Professional avtosport dunyosi moliya dunyosi kabi uzluksiz rivojlanmoqda, u eng yangi texnologiyalarni joriy qilib, to'xtamay hayron qoldirmoqda, ular vaqt o'tib kundalik hayotning bir qismiga aylanmoqda. Turbomotorlar, KERS tizimi va keramik tormozlar, onlayn-savdo va PAMMdan tortib ForexCopy tizimlarigacha ana shunday bo'lgan edi. Bularning hammasi qanchadir vaqt ilgari bir jihatdan noyob va faqat ayrimlargina foydalanishi mumkin bo'lgandek tuyular edi. Hozir esa avtomobillarni boshqaryapmiz va kastyumimizning cho'ntagidagi gadjetimizdan bevosita global valyuta bozorida oson savdo qilishimiz mumkin.

Mufassalroq

Ule-Eynar Byorndalen - InstaForeksning yangi yuzi

InstaForeks qishki sport turlari afsonasi - biatlon bo'yicha 8 karra olimpiada chempioni, 19 karra jahon chempioni va 6 karra Jahon kubogi sohibi - norvegiyalik Ule-Eynar Byorndalen bilan hamkorlik qilish to'g'risida e'lon qiladi. Qishki sport turlari bo'yicha eng mashhur sportchi bilan hamkorlik 2015 yil qishda boshlandi. O'z tajribasiga va o'zing birinchi oltin medalini Ule-Eynar Byorndalen 20 yil avval olganiga qaramay, 2014 yilda bu sportchi o'zining Biatlon qiroli degan taxallusini tasdiqladi va Sochidagi olimpiada o'yinlarining ikki karra chempioni bo'ldi.

Mufassalroq

Biz bilan bitta jamoada bo'l — Instaforex va Zvolen bilan birga g'alaba qozon!

Xalqaro InstaForeks brokeri o'zi kabi yuqori natijalargan erishadigan va yangidan yangi g'alabalar sari intiladigan istiqbolli sport jamoalarini qo'llab-quvvatlashning boy tajribalariga ega. Tashkil topganining bir necha o'n yilligi ichida "Zvolen" kurashish va g'alaba qozonishga o'z mahorati, maqsadga intilishi va qat'iyatligini bir necha marta isbotlagan edi.

Mufassalroq

Loprays va InstaForeks – an'analar, rivojlanish, etakchilik

Alesh Loprays InstaForex Loprais Team ralliy jamoasining piloti va PR-menedjeri, jahonga mashhur bo'lgan "Tatra" yuk mashinalari uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarish sohasida tadbirkor hisoblanadi. Alesh Loprays 1980 yilning 10 yanvarida Chexiyada, Olomus shahrida, "Dakar" ralliysi chempionlari oilasida tug'ildi, shuning uchun ham ralliy musobaqalariga doimiy tayyorgarlik ko'rish muhitida o'sdi. Ilk bolaligidanoq mashinalarni ta'mirlashda ishtirok etib, ko'p vaqtini uy o'rniga ustaxonada o'tkazdi.

Mufassalroq